Biznesingiz Google'da topilmasa, mijoz raqobatchini tanlaydi
Mijozlar biznesni Google va AI orqali qanday tekshiradi, sayt qidiruvda ko'rinmasa nima yo'qotiladi va SEO orqali qanday topilish mumkin?

Topilmay yuravering. Siz bo’lmasangiz, boshqasi chiqadi 🙂
Bu biroz keskin eshitiladi. Lekin Google qidiruvida bo’sh joy uzoq turmaydi: mijoz sizni topmasa, natijada raqobatchingizni ko’radi.
Target reklama yoqib sotish foydali. Odamlar siz haqingizda eshitadi, videongizni ko’radi, nomingizni eslab qoladi. Ammo ko’pchilik darrov yozmaydi. Avval Google’dan yoki ChatGPT kabi AI vositasidan biznesingizni qidirib ko’radi.
Shu nuqtada reklama bergan va’dangiz internetdagi holatingiz bilan solishtiriladi.
Mijoz nega biznesingizni Google’da qidiradi?
Odam Google’dan faqat yangi kompaniya topish uchun foydalanmaydi. U tekshirish uchun ham qidiradi:
- Bu biznes haqiqatan bormi?
- Qanday xizmat ko’rsatadi?
- Manzili va aloqa ma’lumoti qayerda?
- Oldingi mijozlar nima deydi?
- Narxi yoki ishlash tartibi tushuntirilganmi?
- Bu mavzuni qanchalik yaxshi biladi?
Agar shu savollarga saytingizda yoki boshqa ishonchli manbalarda javob topilmasa, mijozda shubha paydo bo’ladi. Reklamangiz yaxshi bo’lishi mumkin, lekin qidiruv natijasi uni tasdiqlamasa, ishonch pasayadi.
Sayt bu yerda shunchaki vizitka emas. U reklamangiz, ijtimoiy tarmoqdagi sahifangiz va sotuvchining gaplarini tasdiqlaydigan mustaqil nuqtaga aylanadi.
Sizni hali tanimaydigan mijoz-chi?
Asosiy imkoniyat aynan shu yerda.
Tasavvur qiling, odam sizning o’quv markazingizni bilmaydi. U Google’ga “IELTS kurslari Toshkent”, “Toshkentda ingliz tili kursi” yoki “IELTS kursi narxi” deb yozadi.
Agar natijada raqobatchingiz chiqsa, mijoz avval uning taklifini ko’radi. Sizning ustozlaringiz kuchliroq, lokatsiyangiz qulayroq yoki narxingiz yaxshiroq bo’lishi mumkin. Lekin mijoz sizning mavjudligingizni bilmasa, bu ustunliklarning birortasi qarorga ta’sir qilmaydi.
SEO’ning vazifasi — “biz ham bormiz” deb baqirish emas. Mijozning aniq savoliga kerakli vaqtda eng tushunarli javob bilan chiqish.
Bu faqat o’quv markazlariga tegishli emas:
- klinika uchun — “Toshkentda yaxshi stomatolog”;
- ishlab chiqaruvchi uchun — “plastik deraza narxi Toshkent”;
- B2B xizmat uchun — “buxgalteriya xizmati O’zbekistonda”;
- restoran uchun — “oilaviy restoran yaqinimda”;
- mutaxassis uchun — “SEO xizmati Toshkent”.
Har bir so’rov ortida muammo va xaridga yaqin odam turadi.
Target va SEO raqib emas
Target reklama talabni uyg’otadi. SEO esa mavjud talabni ushlaydi.
Reklamani ko’rgan odam brend nomingizni qidirishi mumkin. Muammosiga yechim izlayotgan odam esa sizni tanimasdan turib xizmat nomini qidiradi. Birinchi holatda SEO ishonchni mustahkamlaydi, ikkinchisida esa yangi mijoz olib keladi.
Shuning uchun yaxshi marketing yo’li odatda shunday ko’rinadi:
- Odam reklama, tavsiya yoki kontent orqali siz haqingizda eshitadi.
- Google yoki AI orqali biznesingizni tekshiradi.
- Saytda xizmat, tajriba va javoblarni ko’radi.
- Ishonch hosil qilib, bog’lanadi.
Ikkinchi va uchinchi bosqich bo’sh bo’lsa, birinchi bosqichga sarflangan reklama puli to’liq ishlamaydi.
AI ham biznesingizni tushunishi kerak
Bugun mijoz faqat Google’dan qidirmaydi. U ChatGPT yoki Gemini’dan “Toshkentda IELTS uchun qaysi o’quv markazlari bor?” deb so’rashi ham mumkin.
AI biznesingizni to’g’ri tavsiya qilishi uchun internetda aniq ma’lumot bo’lishi kerak: kompaniya nomi, xizmatlar, kimga yordam berishingiz, hudud, tajriba, narx yoki ishlash tartibi, savollarga javoblar. Turli joylarda bir-biriga zid yoki juda kam ma’lumot bo’lsa, AI sizni tushunmaydi yoki umuman eslamaydi.
GEO — Generative Engine Optimization — shu ma’lumotlarni AI o’qishi va biznesingizni kerakli mavzu bilan bog’lashi uchun tartibga keltirishdir. Uning asosi ham foydali sayt, aniq xizmat sahifalari va ishonchli brend ma’lumotidir.
Hozir tekshirib ko’ring
Mijoz o’rniga o’zingizni qo’ying va u qidirishi mumkin bo’lgan 5–10 ta so’rovni yozing. Brend nomingizni emas, xizmat va muammoni qidiring.
Masalan:
[xizmat nomi] Toshkent[xizmat nomi] narxieng yaxshi [xizmat turi][muammo] qanday hal qilinadi[xizmat] yaqinimda
Natijalarga xolis qarang:
- Saytingiz birinchi sahifada bormi?
- Xizmat sahifangiz chiqyaptimi yoki faqat Instagram profilingizmi?
- Google biznes nomingizni to’g’ri tushunyaptimi?
- AI sizni biladimi va ma’lumotni to’g’ri aytyaptimi?
- Raqobatchi sizdan qaysi savollarga yaxshiroq javob bergan?
Agar muhim so’rovlarda chiqmayotgan bo’lsangiz, bu mijoz qidirmayapti degani emas. Bu — qidirayotgan mijoz oldida siz ko’rinmayapsiz degani.
Saytni Google’da chiqarish nimadan boshlanadi?
Yechim har sahifaga ko’p kalit so’z tiqish emas. Ish to’rtta asosdan boshlanadi:
- Texnik holat: Google sahifalarni ochishi, o’qishi va indeksga qo’sha olishi kerak.
- Qidiruv niyati: mijoz qaysi so’zni nima maqsadda yozayotgani aniqlanadi.
- Foydali sahifalar: har bir muhim xizmat uchun savolga to’liq javob beradigan alohida sahifa yaratiladi.
- Ishonch: tajriba, muallif, real natija, aloqa ma’lumoti, sharh va brend haqidagi bir xil ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Shu asos Google uchun ham, AI qidiruv tizimlari uchun ham ishlaydi. Batafsilroq boshlash uchun SEO nima va u O’zbekistondagi biznesga nega kerak maqolasini o’qishingiz mumkin.
Topilishni tasodifga qoldirmang
Xizmatingiz yaxshi bo’lishi muhim. Ammo mijoz qidirayotgan paytda ko’rinish ham shuncha muhim. Aks holda, yaxshi taklif yashirin qoladi va qidiruvdagi joyni raqobatchi egallaydi.
Saytingiz qaysi so’rovlarda ko’rinmayotgani va bunga nima xalaqit berayotganini bilmoqchi bo’lsangiz, Telegram’da yozing. Birinchi suhbatda biznesingiz uchun muhim qidiruvlarni ko’rib, qayerdan boshlash kerakligini aniq qilib beraman.
Tez-tez beriladigan savollar
Nega biznesim Google'da chiqmayapti?
Bunga sayt Google indeksiga kirmagani, texnik xatolar, noto'g'ri kalit so'zlar, yetarli kontent yo'qligi yoki raqobatchilarning sahifalari kuchliroq ekani sabab bo'lishi mumkin. Aniq sabab SEO audit va Google Search Console ma'lumotlari orqali topiladi.
Saytni Google'da yuqoriga chiqarish uchun nima qilish kerak?
Avval texnik holat va indeksatsiyani tekshirish, keyin mijoz qidiradigan kalit so'zlarni aniqlash, har bir xizmat uchun foydali sahifalar yaratish, mahalliy biznes ma'lumotlarini bir xil ko'rsatish va ishonch signallarini kuchaytirish kerak.
SEO orqali qachon natija chiqadi?
Muddat saytning hozirgi holati, raqobat va bajariladigan ish hajmiga bog'liq. Ayrim texnik va mahalliy o'zgarishlar tezroq seziladi, raqobatli so'rovlarda barqaror o'sish esa odatda bir necha oy talab qiladi.
AI qidiruv tizimlarida biznes qanday ko'rinadi?
ChatGPT, Gemini va boshqa AI tizimlari ochiq, aniq va ishonchli manbalardagi ma'lumotlardan foydalanadi. Xizmatlar, manzil, narx, ekspertlik va tez-tez beriladigan savollar saytda tushunarli yozilsa, biznesni to'g'ri anglash va manba sifatida ko'rsatish ehtimoli oshadi.
Target reklama bo'lsa, SEO ham kerakmi?
Ha. Target talabni uyg'otadi va tez trafik olib keladi; SEO esa qidirayotgan yoki reklamangizdan keyin sizni tekshirayotgan mijozni ushlab qoladi. Ular bir-birini almashtirmaydi, xaridor yo'lining turli bosqichlarida ishlaydi.
SEO, GEO yoki AEO bo'yicha savol bormi?
30 daqiqalik bepul konsultatsiya — Telegram'da yozing.