Nega AI bo'lsa ham SEO mutaxassisdan xizmat sotib olish kerak?

AI kod ham yozadi, matn ham. Lekin kompaniya rahbari sotishni bilsa ham nega sotuvchi yollaydi? Xuddi shu savolning SEO'dagi javobi.

· 7 daqiqa o'qish

Dasturchi va AI robot yonma-yon noutbukda kod yozmoqda — "Nega AI bo'lsa ham odamlar dasturchilardan xizmat sotib oladi?"

Nega AI bo’lsa ham odamlar dasturchilardan xizmat sotib oladi?

Nega kompaniya rahbari sotishni bilsa ham, sotuvchilar jamoasini ishga oladi?

Nega restoran egasi ovqat pishirishni bilsa ham, oshpaz yollaydi?

Nega biznes egasi reklama haqida tushunchaga ega bo’lsa ham, marketing mutaxassisini ishga oladi?

Axir ularning barchasini o’zi ham qilishi mumkin-ku.

Shunday ekan, nega aynan AI paydo bo’lganda hamma birdan “Endi mutaxassislar kerak bo’lmay qoladimi?” degan savolni bera boshladi?

O’ylashimcha, savolingizga savollar bilan aniq javob oldingiz.

Lekin savol AI haqida emas edi

Savol ishonch haqida edi. Yoki aniqrog’i — vaqt haqida.

Kompaniya rahbari sotishni bilishi mumkin. Lekin kuniga 8 soat qo’ng’iroq qilib o’tirsa, kompaniyani kim boshqaradi? Restoran egasi ovqat pishira oladi. Lekin oshxonada turib qolsa, biznesni kim rivojlantiradi?

AI ham xuddi shunday joyga tushadi — faqat boshqa burchakdan. AI vaqtni tejaydi, lekin qarorni o’zi qabul qilmaydi. Va aynan shu joyda mutaxassis kerak bo’lib qoladi: AI nima qilish kerakligini aytmaydi, u faqat aytilganini qiladi.

SEO’da bu qanday ko’rinadi

Keling, aniq misolga o’taman.

ChatGPT’dan “menga meta description yoz” desangiz — yozadi. 10 soniyada, chiroyli, grammatik xato yo’q. Ajoyib.

Lekin ChatGPT bilmaydigan narsalar bor:

  • Sizning saytingiz Search Console’da qaysi so’rov bo’yicha 15-o’rinda turgani
  • Raqobatchilaringiz haqiqatda qanday kontent bilan g’olib chiqayotgani
  • Toshkentdagi mijozingiz “eng yaxshi” so’zini emas, “yaqin” so’zini qidirishi
  • Sizning avvalgi 5 ta postingiz allaqachon qaysi mavzuni yopib qo’ygani

Bularning barchasi — kontekst. AI’da kontekst yo’q, faqat siz (yoki mutaxassisingiz) unga bergan ma’lumot bor. Kontekstsiz yozilgan meta description — chiroyli, lekin ishlamaydi. Chunki u hamma uchun yozilgan, sizning mijozingiz uchun emas.

Bir kichik kuzatuv: ChatGPT’ga “menga SEO strategiyasi yoz” desangiz, u sizga Silicon Valley’dagi SaaS kompaniyasiga ham, Chorsu bozoridagi do’konga ham deyarli bir xil javob beradi — faqat ismlarni almashtirib. Chunki AI “umumiy o’rtacha to’g’ri javob”ni biladi. Sizning aniq holatingizni — yo’q.

Nima AI’ga, nima odamga tegishli

Ish turiKim qiladi
Meta tag, qoralama matn yozishAI — tez va yaxshi
Kalit so’z ro’yxatini chiqarishAI — daqiqalarda
Texnik xatolarni sanab berishAI — samarali
Qaysi ishga birinchi qo’l urish kerakligini hal qilishMutaxassis
Search Console ma’lumotini talqin qilishMutaxassis
Mijozning aniq bozoriga moslashtirishMutaxassis
Natija chiqmasa, javobgarlik olishMutaxassis

AI — vosita. Bolg’a yaxshi bolg’a bo’lishi mumkin, lekin u qaysi mixni qayerga qoqish kerakligini o’zi hal qilmaydi.

Demak, AI mutaxassisni yo’q qilmaydi — u ishini o’zgartiradi

Men o’zim AI’dan har kuni foydalanaman — qoralama tez chiqarish, ma’lumotni tezroq ko’rib chiqish uchun. Bu vaqtni tejaydi. Lekin tejalgan vaqt bekorga ketmaydi — u strategiyaga, ma’lumotni chuqurroq tahlil qilishga, mijozning aniq holatini tushunishga sarflanadi.

Darslinker’da ham xuddi shunday ishladim: AI dastlabki kontent qoralamasini tez chiqarib berdi, lekin qaysi mavzuni birinchi yozish, qaysi kalit so’zga urg’u berish, natijani qanday o’qish kerakligi — bularning barchasi qo’lda, ma’lumotga qarab qilingan qarorlar edi.

AI bo’lgani uchun mutaxassis kerak bo’lmay qolmaydi. Aksincha — AI’ni to’g’ri ishlatadigan mutaxassis bilan ishlatmaydigan o’rtasidagi farq kattalashadi. Biri haftalik ishni bir kunga tushiradi va qolgan vaqtni strategiyaga sarflaydi. Ikkinchisi — sekin qolaveradi.

Xulosa

AI kod yozadi, matn yaratadi, hisobot chiqaradi. Lekin u sizning o’rningizga qaror qabul qilmaydi, javobgarlik olmaydi va sizning aniq bozoringizni bilmaydi.

Xuddi rahbar sotishni bilsa ham sotuvchi yollagani, oshpaz yollagani kabi — AI mavjudligi SEO mutaxassisga bo’lgan ehtiyojni yo’qotmaydi. U shunchaki mutaxassisning ishlash usulini o’zgartiradi: endi u qog’oz-qalam bilan emas, kuchli vositalar bilan, lekin xuddi shunday fikrlash bilan ishlaydi.

Agar saytingiz uchun AI emas, aniq strategiya kerak bo’lsa — Telegram’da yozing. 30 daqiqalik bepul konsultatsiyada saytingizni ko’rib, qayerdan boshlash kerakligini aytib beraman.

Tez-tez beriladigan savollar

AI SEO ishini o'zi qila olmaydimi?

Qila oladi — qismini. Meta tag yozadi, kontent taklif qiladi, hatto texnik xatolarni sanab beradi. Lekin AI sizning aniq mijozingiz nima uchun boshqa saytga emas, aynan sizga ishonishi kerakligini bilmaydi. Bu — kontekst, AI'da kontekst yo'q, faqat siz bergan ma'lumot bor.

Unda AI ishlatadigan mutaxassis bilan ishlatmaydigan o'rtasida farq bormi?

Katta farq. AI ishlatadigan mutaxassis — bir haftalik ishni bir kunga tushiradi, vaqtini strategiya va tahlilga sarflaydi. AI ishlatmaydigan — sekin qoladi. AI'ga hammasini topshiradigan — umuman mutaxassis emas, u shunchaki promptlar operatori.

AI davrida SEO xizmati narxi pasayishi kerak emasmi?

Ishning texnik qismi (yozish, tekshirish) tezlashgani rost. Lekin narx — vaqt uchun emas, natija uchun to'lanadi. Strategiya, prioritetlash, mijozning aniq holatiga moslashtirish — bularni AI hali qila olmaydi, shuning uchun bu qism narxni belgilab qoladi.

O'zim ChatGPT bilan SEO qilsam bo'lmaydimi?

Boshlash uchun bo'ladi — asosiy tushunchalarni o'rganish, birinchi meta taglarni yozish uchun yetarli. Lekin ChatGPT sizning Search Console ma'lumotlaringizni ko'rmaydi, saytingizning haqiqiy muammosini bilmaydi, umumiy javob beradi. Umumiy javob — umumiy natija.

Qaysi ishlarni AI qiladi, qaysilarini mutaxassis qiladi?

AI: qoralama matn, kalit so'z ro'yxati, tez tekshiruv, takrorlanadigan hisobotlar. Mutaxassis: strategiya, qaysi ishga birinchi qo'l urish, real ma'lumotni talqin qilish, mijoz biznesiga moslashtirish, javobgarlik. Ikkalasi ham kerak — lekin ular bir-birini almashtirmaydi, to'ldiradi.

SEO yoki AEO bo'yicha savol bormi?

30 daqiqalik bepul konsultatsiya — Telegram'da yozing.

Telegram'ga yozish

Shavkatov Fayzulloh — Bizneslarni Google va AI qidiruv tizimlarida topga chiqaraman.