Nega blog yozishni boshladim?
Fikrlarim boshimda emas, joyida turgani yaxshi ekan.
Aslida yozishni yaxshi ko’raman lekin asosiy sabab shundaki: fikrlar ko’payib ketdi, lekin ular tartibsiz edi. Chalkash, noaniq va zaif.
Ish qilayotganda ham, dam olayotganda ham. Ba’zida loyiha haqida, ba’zida esa umuman boshqa narsalar haqida. Hammasi aralashib ketardi.
Shunda tushundim - muammo fikrlarning ko’pligida emas ekan. Muammo ularning joyi yo’qligida ekan.
Blog yozishni shuning uchun boshladim. O’rgatish uchun emas. Kimnidir ishontirish uchun ham emas.
Shunchaki fikrlarimni boshimdan olib, joyiga qo’yish uchun yozaman.
Yozganimda hammasi birdan aniq bo’lib ketmaydi. Lekin kamida shovqin kamayadi. Ba’zi savollar o’z-o’zidan joyiga tushadi.
Bu sahifa natija haqida emas. Jarayon haqida.
Eng qizig’i shundaki, yozib bo’lgach, boshim biroz yengillashadi. Demak, foydasi bor ekan. Qolgani vaqt masalasi.
ga o'tasizmi?